2024-yil 15-16-noyabr kunlari Farg‘ona shahrida “Nafas olish terapiyasining dolzarb masalalari.
2024-yil 15-16-noyabr kunlari Farg‘ona shahrida “Nafas olish terapiyasining dolzarb masalalari. Sun'iy va yordamchi shamollatishning zamonaviy usullari” ilmiy-ma’rifiy forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari ishtirok etib, bemorlarning nafas olish tizimini qo‘llab-quvvatlashning turli jihatlari, mexanik ventilyatsiya uchun tibbiy asbob-uskunalar sohasida milliy yangiliklarni muhokama qilishdi, Farg‘ona viloyatida anesteziologiya va reanimatsiya xizmatining holati to‘g‘risidagi ma’ruzani tinglashdi.
Forumda Slovakiya-Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi Chirana ASIA (SHIMCO GROUP) tomonidan ishlab chiqarilgan ventilyatorlar va ekspert toifali anesteziya-respirator uskunalar bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, anesteziolog va reanimatologlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.